«Beshtiktosh» APLdan futbolchi olib kelmoqchi
Photo: Getty Images
“Nottingem Forest” vingeri Kallum Hadson-Odoi faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettirishi mumkin.
Jurnalist Sasha Tavolierining so‘zlariga ko‘ra, “Beshtiktosh” klubi 24 yoshli ingliz futbolchisiga jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Futbolchining o‘zi esa APLda qolishni xohlamoqda. Shu sababli Turkiya klubining taklifiga jiddiy e’tibor qaratganicha yo‘q.
Hadson-Odoining Transfermarkt portalidagi bahosi 25 million yevro. Uning "o‘rmonchilar" bilan shartnomasi 2026 yilning yozida yakunlanadi.
Bahrom Bobonov
Redaktor