locale OZ

«Beshiktosh» Sulsherni iste'foga chiqardi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Beshiktosh» Sulsherni iste'foga chiqardi
Фото: Getty Images

"Beshiktosh" bosh murabbiy Ole Gunnar Sulsher bilan xayrlashganini e'lon qildi.

Bunga sabab jamoaning evrokuboklarning asosiy bosqichiga chiqa olmagani bo'ldi. Istanbul klubi Konferensiyalar Ligasi saralash bosqichi pley-offining ikki o'yinlik to'qnashuvi yakuniga ko'ra Shveysariyaning "Lozanna" jamoasiga umumiy hisobda 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi. O'z maydonida 0:1 hisobida yutqazganidan ko'p o'tmay, "Beshiktosh" matbuot xizmati norvegiyalik bosh murabbiy ishdan bo'shatilganini ma'lum qildi.

Ole Gunnar Sulsher joriy yilning yanvar oyida "Beshiktosh" ustoziga aylangan edi. U bunga qadar "Manchester Yunayted"ni boshqargan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting