«Beshiktosh» Oxlade-Chamberlain bilan shartnomani bekor qildi
Фото: Getty Images
Alex Oxlade-Chamberlain "Beshiktosh"ni tark etadi. Bu haqda klubning rasmiy sayti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Turkiya klubi o'zaro kelishuvga ko'ra 32 yoshli yarim himoyachi bilan shartnomani bekor qilganini e'lon qildi.
Kelishuvga ko'ra, futbolchiga 1 750 000 yevro miqdorida tovon puli to'lanadi.
Avvalroq, "Liverpul"ning sobiq futbolchisi Buyuk Britaniyaga qaytishni istayotgani, APL va Chempionship variantlarini ko'rib chiqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Xususan, unga “Birmingem” jamoasidan jiddiy taklif bo'layotgani xabar qilingandi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist