locale OZ

Bernardu Silva «Man Siti»ni tark etishga qaror qildi

Portugaliyalik futbolchining amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga yetadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Bernardu Silva «Man Siti»ni tark etishga qaror qildi
FOTO: Getty Images

«Manchester Siti» yarimhimoyachisi Bernardu Silva joriy mavsum yakunida «shaharliklar» safini tark etishga qaror qildi. Bu haqda El Chiringuito xabar bermoqda.

Portugaliyalik futbolchi 2017 yildan buyon «shaharliklar» safida to‘p surib kelmoqda. Shu vaqt mobaynida u barcha musobaqalarda klub uchun 437 ta uchrashuvda maydonga tushib, 73 ta gol urdi va 76 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Xosep Gvardiola qo‘l ostida Bernardu Silva jami 18 ta sovrinni qo‘lga kiritdi. Ular orasida APLdagi oltita chempionlik hamda Chempionlar Ligasi kubogi ham bor.

Joriy mavsumda Bernardu Silva «Manchester Siti» safida 30 ta o‘yinda qatnashib, «gol+pas» tizimi bo‘yicha 1+3 ko‘rsatkichni qayd etdi. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2026 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 27 million yevroga baholamoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting