Bernardu Silva faoliyatini «Barselona»da davom ettirishi mumkin
Futbolchining “shaharliklar” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi kelasi yozda yakuniga yetadi.
ФОТО: Getty images
“Barselona” sport direktori Deko jamoaga yangi yulduz bilan shartnoma imzolash ustida ish olib bormoqda. Bu haqda Transfer News Live nashri xabar berdi.
Manbaga ko'ra, u “Manchester Siti” yarim himoyachisi Bernardu Silvani kataloniyaliklar safiga olib kelmoqchi.
Futbolchining “shaharliklar” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi kelasi yozda yakuniga yetadi. Bu esa moliyaviy muammolardan boshi chiqmayotgan “Barselona” uchun qo'l kelishi mumkin.
Ma'lumot uchun, 31 yoshli futbolchining Transfermarkt'dagi narxi 38 million yevroga baholanmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist