Benzema Zidanning Fransiya terma jamoasiga tayinlanganidan xursand
Fransiya futbol federatsiyasi 28-iyul kuni 54 yoshli Zidan bilan 2030-yilgi Jahon chempionati yakuniga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolaganini e’lon qildi.
Foto: Getty Images
Fransiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Karim Benzema Zinedin Zidanning milliy jamoa bosh murabbiyi etib tayinlanishiga munosabat bildirdi.
“U afsona. Men uchun Zidan katta akamdek. Uning Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘lganidan juda xursandman”, — dedi Benzema.
Fransiya futbol federatsiyasi 28-iyul kuni 54 yoshli Zidan bilan 2030-yilgi Jahon chempionati yakuniga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolaganini e’lon qildi. Zidan avval “Real Madrid”ni ikki davr davomida boshqarib, jamoa bilan uch marta ketma-ket Chempionlar ligasida va ikki bor Ispaniya chempionatida g‘olib chiqqan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist