locale OZ

Benzema «Al-Hilol» bilan shartnomasini bekor qildi

Bu haqda insayder Fabrisio Romano xabar berdi.
Benzema «Al-Hilol» bilan shartnomasini bekor qildi
ФОТО: Getty images

Karim Benzema Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubi bilan o‘zaro kelishuv asosida shartnomasini bekor qildi va jamoani tark etdi. Bu haqda insayder Fabrisio Romano xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 38 yoshli fransiyalik hujumchi yaqin vaqt ichida kelajakdagi rejalari haqida ma’lum qiladi. U ikki variantni ko‘rib chiqmoqda: faoliyatini yakunlash yoki Saudiya Arabistonining boshqa klubida faoliyatini davom ettirish.

Shuningdek, unga Yevropaning boshqa jamoalaridan ham takliflar borligi xabar qilingan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting