Bennaser Xorvatiya klubiga o'tdi
ФОТО: Getty images
“Milan” yarim himoyachisi Ismael Bennaser Zagrebning “Dinamo” klubiga o'tdi.
Xorvatiya klubi sotib olish sharti bilan futbolchini ijaraga oldi. Futbolchi hali tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, Bennaser o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmida "Marsel"da ijara asosida o‘tkazdi va u Liga 1ning 12 uchrashuvida ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Futbolchining Italiya klubi bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo‘ljallangan.
Transfermarkt portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, uning bozor narxi 15 million yevroni tashkil qiladi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist