locale OZ

«Benfika» bosh murabbiyi Joze Mourinyu «Chelsi»ni yana boshqarishga tayyor

Mourinyu «Chelsi»ni 2004–2007 hamda 2013–2015 yillar oralig‘ida boshqargan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Benfika» bosh murabbiyi Joze Mourinyu «Chelsi»ni yana boshqarishga tayyor
photo: gettyimages

«Benfika» bosh murabbiyi Joze Mourinyu, agar London klubi tomonidan tegishli taklif bo‘lsa, «Chelsi»ni yana boshqarishga tayyor.

Portugaliyalik mutaxassis «Chelsi»ni o‘zining haqiqiy jamoasi deb hisoblaydi va «ko‘klar» bosh murabbiyi sifatida yana ishlashni istaydi. Bu haqda Indykaila News ijtimoiy tarmoq X orqali xabar bermoqda.

Shu bilan birga, manba ma’lumotlariga ko‘ra, «Chelsi» Mourinyuga nisbatan qiziqish bildirmasligi ham mumkin — londonliklarga zamonaviy qarashlarga ega murabbiy kerak.

Mourinyu «Chelsi»ni 2004–2007 hamda 2013–2015 yillar oralig‘ida boshqargan.

Joriy mavsumda APLda o‘tkazilgan 19 ta uchrashuvdan so‘ng londonliklar 30 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida beshinchi o‘rinni egallab turibdi. «Chelsi» peshqadam «Arsenal»dan 15 ochko ortda qolmoqda.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting