Belotti «Modena» futbolchisiga aylandi
Kelishuv bir yilga mo‘ljallangan.
Фото: Modena FC
Italiyalik hujumchi Andrea Belotti «Modena» klubi futbolchisiga aylandi. Tajribali forvard yangi jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Kelishuv bir yilga mo‘ljallangan.
Belotti faoliyati davomida «Torino», «Milan», «Roma», «Komo» va boshqa klublarda to‘p tepgan. U Italiya milliy terma jamoasi safida ham 44 ta uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol urgan.
«Modena» Belottining tajribasidan foydalanib, yangi mavsumda yuqori maqsadlarni ko‘zlamoqda.
Belotti 2021 yilda Italiya milliy jamoasi safida Yevropa chempioniga aylangan.