Bellingem Venesuela xalqini qo‘llab-quvvatladi
Venesuelaning shimolida magnitudasi 7,5 ballga yetgan kuchli zilzila sodir bo‘lgan edi.
ФОТО: Getty images
Angliya terma jamoasi hamda Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem Angliya — DR Kongo uchrashuvidan keyin Venesuelada yuz bergan falokat yuzasidan o‘z munosabatini bildirdi.
Stadionni tark etayotgan paytda jurnalistlar futbolchidan Venesueladagi vaziyat haqida so‘rashganida, u qisqa, ammo ta’sirli fikr bildirdi.
«Venesueladagi barcha insonlarga mehr-muhabbatim va qo‘llab-quvvatlashimni yo‘llayman», — dedi Bellingem.
Eslatib o‘tamiz, 24 iyundan 25 iyunga o‘tar kechasi Venesuelaning shimolida magnitudasi 7,5 ballga yetgan kuchli zilzila sodir bo‘lgan edi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist