Belgiya terma jamoasining FIFA kunlari uchun qaydnomasini e’lon qilindi
Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Rudi Garsiya 2026 yilgi jahon chempionati saralashining navbatdagi ikki o‘yinida ishtirok etishi mumkin bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi.
Darvozabonlar: Thibaut Courtois («Real Madrid»), Maik Penders («Strasbur»), Matz Sels («Nottingham Forest»), Maarten Vandevoordt («RB Leipzig»).
Himoyachilar: Timoti Kastañ («Fulham»), Zeno Debast («Sporting»), Maksim De Keyper («Brighton»), Koni De Vinter («Genoa»), Brendon Mehele («Bryugge»), Toma Menye («Lille»), Yoakin Seis («Bryugge»), Artur Teate («Ayntraxt»).
Yarim himoyachilar: Kevin De Bruyne («Napoli»), Nikolas Raskin («Reynjers»), Yuri Tilemans («Aston Villa»), Hans Vanaken («Bryugge»), Shar’l Vanxautte («Union»).
Hujumchilar: Mishi Batshuayi («Ayntraxt»), Shar’l De Ketelare («Atalanta»), Jeremi Doku («Manchester City»), Malik Fofana («Olimpik Lion»), Diegu Moreyra («Strasbur»), Lois Openda («RB Leipzig»), Aleksis Salemakers («Milan»), Leandro Trossar («Arsenal»).
Belgiya terma jamoasi 4 va 7 sentyabr kunlari JCH-2026 saralash bosqichi doirasida Lixtenshteyn mehmoni bo‘ladi va Qozog‘istonni o‘z maydonida qabul qiladi.