Belgiya Lixtenshteynni tor-mor etib, JChga yo'llanma oldi
Doku dublni rasmiylashtirdi.
ФОТО: Getty images
Jahon chempionati saralash bahslari davom ettirildi.
Belgiya o'z maydonida Lixtenshteynni qabul qilib, 7:0 hisobida mag'lub etdi.
Doku va de Ketelare bellashuvda dublga erishdi. Qolgan o'yinchilar bittadan gol muallifi bo'ldi.
Shu tariqa, Rudi Garsiya boshqaruvidagi belgiya terma jamoasi Jahon chempionatiga yo'llanma oldi.
J guruhi
Belgiya – Lixtenshteyn 7:0
Gollar: Vanaken 3, Doku 34, 41, Mehele 52, Salemaekers 55, de Ketelere 57, 59
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist