locale OZ

Bayindir «Besiktash»ga o‘tishi mumkin

Kelishuv yanvar oyida amalga oshishi kutilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Bayindir «Besiktash»ga o‘tishi mumkin
ФОТО: Getty images

"Manchester United" darvozaboni Altay Bayindir qishda vatani Turkiyaga qaytishi mumkin. Bu haqda Fanatik nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 27 yoshli darvozabon "Besiktash"ning asosiy transfer maqsadiga aylangan.

Altay "MYU" asosiy tarkibi uchun kurashda Senne Lammensga yutqazib qo‘ygach, jamoani tark etishga qarshi emas.

Kelishuv yanvar oyida amalga oshishi kutilmoqda.

Uning mankunianliklar bilan shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt uni 8 million yevroga baholamoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting