locale OZ

«Bayer» Lukas Vaskesning transferini e'lon qildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Bayer" Lukas Vaskesning transferini e'lon qildi
Фото: Getty Images

Germaniyaning "Bayer" klubi Lukas Vaskesning transferini e'lon qildi.

Nemis klubi 34 yoshli himoyachi bilan shartnoma imzolaganini xabar qildi. Tomonlar ikki yillik shartnomaga kelishib oldilar.

U yangi jamoa safida 21-raqam ostida harakat qiladi.

Vaskes iyul oyida, 23 ta sovrinni qo'lga kiritgan "Real" klubini tark etdi. Futbolchi erkin agentga aylandi.

Unga "Espanyol", "Osasuna" va Qatarning bir nechta jamoalari tomonidan takliflar bo'lgan. Biroq u faoliyatini Germaniyada davom ettirishga qaror qildi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting