“Bayer” Erik ten Xag bilan kelishuvga erishdi
Xabi Alonso mavsum oxirida leverkuzenliklarni tark etadi.
FOTO: Getty Images
Leverkuzenning “Bayer” klubi Erik ten Xag bilan kelishuvga erishdi. Gollandiyalik murabbiy rahbariyat bilan shaxsiy muzokaralardan so'ng jamoani boshqarishga rozi bo'ldi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.
Eslatib o'tamiz, avvalroq “Bayer”ning amaldagi bosh murabbiyi Xabi Alonso joriy mavsum oxirida leverkuzenliklarni tark etishini e'lon qilgandi. Germaniyalik mutaxassis katta ehtimol bilan faoliyatini “Real”da davom ettiradi.
“Bayer” bir qancha murabbiylikka nomzodlar bilan aloqa o'rnatgan. Leverkuzen klubi boshqaruviga kelish uchun variantlardan biri hozirda “Komo”da faoliyat yuritayotgan Sesk Fabregas ekanligi aytilmoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist