locale OZ

«Bavariya»ga «MYu»ning ikki nafar futbolchisi kerak

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Bavariya»ga «MYu»ning ikki nafar futbolchisi kerak
Фото: Getty Images

“Bavariya” “Manchester Yunayted”ning ikki futbolchisini sotib olishi mumkin. Bu haqda Sky Sport Germany xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Myunxen klubi Jeydon Sancho va Rasmus Hoylundga qiziqish bildirmoqda.

Qayd etilishicha, nemis klubida futbolchilarni xarid qilish masalasi muhokama qilinmoqda.

O‘z navbatida “MYu” ham bu futbolchilarni boshqa klubga berib yuborishga qarshi emas. Ruben Amorim yangi mavsum davomida Sancho va Hoylundga umid bildirmayapti.

“Bavariya” esa vaziyatdan unumli foydalangan holda tarkibni kuchaytirishni rejalashtirgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting