locale OZ

“Bavariya” yarim himoyachisi Bundesliganing eng yaxshi assistentiga aylandi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Bavariya” yarim himoyachisi Bundesliganing eng yaxshi assistentiga aylandi
FOTO: Getty Images

Germaniya Bundesligasining 2024/2025-yilgi mavsum yakuniga ko'ra, “Bavariya” yarim himoyachisi Maykl Olise 34 ta o'yinda 15 ta golli uzatma bilan eng yaxshi assistentga aylandi.

Ikkinchi o'rin esa 31 ta o'yinda 12 ta assist bilan “Bayer” futbolchisi Florian Virtsga nasib etdi. Kuchli uchlikni “Frayburg” yarim himoyachisi Vinchentso Grifo yakunlab berdi (34 ta o'yin, 11 ta assist).

Kuchli beshlikdan, shuningdek, Dortmundning “Borussiya” klubi futbolchilari - Paskal Gross va Yulian Brandt o'rin oldi. Ular 30 ta o'yinda 10 ta golli uzatmaga mualliflik qilishdi.

Eslatib o'tamiz, “Bavariya” 82 ochko bilan Bundesliga chempioniga aylandi. Myunxenliklar uchun bu 34-chempionlik hisoblanadi. Bu ko'rsatkich bo'yicha ikkinchi o'rinda borayotgan “Nyurnberg”da 9 ta shundan sovrin bor.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting