«Bavariya» yanvarda Olmoni sotib olishni koʻrib chiqmoqda
Olmo 2024-yilning avgustida «Barselona»ga kelib qoʻshilgan edi.
ФОТО: Getty images
Myunxenning «Bavariya» klubi «Barselona»ning ispaniyalik yarim himoyachisi Dani Olmoni sotib olishga harakat qiladi. Bu haqda Sky Sports manbasi X ijtimoiy tarmogʻida xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, boshqa jamoalarning Jamal Musiala va Maykl Olisega boʻlgan qiziqishi ortib borayotgani myunxenliklarning ushbu futbolchiga eʼtibor qaratishiga sabab boʻlgan. Klub rahbariyati yangi hujumkor futbolchi bilan shartnoma imzolash zarurati tugʻilishi mumkin boʻlgan vaziyat uchun variantlarni oʻrganmoqda.
Dani Olmo 2024-yilning avgustida «Barselona»ga kelib qoʻshilgan edi.
Joriy mavsumda 28 yoshli ispaniyalik yarim himoyachi barcha musobaqalarda sakkizta oʻyinda maydonga tushib, oʻz hisobiga uchta gol yozib qoʻydi, ammo assist qayd etmadi.