locale OZ

«Bavariya» va «PSJ» Martinelli uchun da’vogarlik qilmoqda

Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Bavariya» va «PSJ» Martinelli uchun da’vogarlik qilmoqda
ФОТО: Getty images

"Bavariya" va "PSJ" "Arsenal" vingeri Gabriel Martinelliga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.

Ikkala klub ham 24 yoshli braziliyalik bo‘yicha so‘rov yuborgan. "Bavariya" Luis Diasga raqobat tug‘dirish uchun chap qanot vingerini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. "PSJ" esa Bredli Barkola ketgan taqdirda uning o‘rniga variant izlamoqda.

"Kanonirlar" ham hujumni kuchaytirmoqchi va chap qanotga futbolchi qidirmoqda.

2025/26-yilgi mavsumda Martinelli "Arsenal" safida 53 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting