\"Bavariya\" Upamekano bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokara o'tkazmoqda
Photo: Getty Images
“Bavariya” himoyachi Dayo Upamekano bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralarni davom ettirmoqda.
Jurnalist Florian Plattenbergning xabar berishicha, tomonlar kelishuvni 2030 yilgacha uzaytirish masalasini muhokama qilmoqda.
Shartnomani yakunlash uchun klub futbolchining yuqori maosh olish bo'yicha talabi halal bermoqda.
Shunga qaramay, Upamekano ham, “Bavariya” ham bitim uzaytirilishidan manfaatdor ekani aytilmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist