\"Bavariya\" Upamecano bilan shartnomani uzaytirishi mumkin
Photo: Getty Images
"Bavariya" rahbariyati jamoaning markaziy himoyachisi Dayo Upamecano bilan muzokaralarni davom ettirmoqda. Bu haqda jurnalist Florian Plettenberg xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, tomonlar o‘rtasida maosh va bonus bo‘yicha kelishuvga erisha olmayapti.
Myunxen klubi fransiyalik futbolchini o‘zida saqlab qolmoqchi va unga 2030 yilgacha shartnoma taklif qilmoqda.
Upamecanonning talablari “Bavariya” rahbariyatiga ma’qul kelmayapti va tomonlar hanuz kelisha olmayapti.
Joriy mavsumda 26 yoshli himoyachi barcha turnirlarda 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist