locale OZ

«Bavariya» Stounzni sotib olmoqchi

Ingliz futbolchisi 2016 yilning yozidan buyon «Manchester Siti»da o‘ynab kelmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Bavariya» Stounzni sotib olmoqchi
photo: gettyimages

«Bavariya» mavsum yakunida «shaharliklar» safini tark etadigan markaziy himoyachi Jon Stounzni sotib olish variantini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, agar Myunxen klubi tomonidan jiddiy qiziqish bildirilsa, 31 yoshli futbolchini erkin agent sifatida qo‘lga kiritish imkoniyati yuqori bo‘ladi.

Ingliz futbolchisi 2016 yilning yozidan buyon «Manchester Siti»da o‘ynab kelmoqda. Joriy mavsumda Stounz barcha turnirlarda 17 ta o‘yinda ishtirok etdi, biroq samarali harakatlari bilan ajralib turmadi. Transfermarkt portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 15 million yevroni tashkil etadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting