locale OZ

«Bavariya» Sharl De Ketelare transferi bo‘yicha ish boshladi

Myunxen klubi belgiyalik futbolchi bilan shartnoma imzolamoqchi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Bavariya» Sharl De Ketelare transferi bo‘yicha ish boshladi
FOTO: Getty Images

Myunxenning «Bavariya» klubi «Atalanta» hamda Belgiya terma jamoasi yarim himoyachisi Sharl De Ketelareni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda jurnalist Sasha Tavolyeri o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida xabar bermoqda.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Myunxen klubi rahbariyati belgiyalik yarim himoyachi transferini jiddiy ko‘rib chiqmoqda. Ta’kidlanishicha, futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishishda hech qanday muammo yuzaga kelmaydi. Kelgusi haftalar davomida klublar ehtimoliy kelishuv masalasini muhokama qilishadi.

Joriy mavsumda De Ketelare klub miqyosida 39 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 7 ta samarali uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining ayni damdagi bozor qiymati 35 million yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting