locale OZ

«Bavariya» qishki transfer oynasida yangi futbolchilarni sotib olmoqchi emas

Myunxen klubi Bundesligada peshqadamlik qilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Bavariya» qishki transfer oynasida yangi futbolchilarni sotib olmoqchi emas
Фото: Getty Images

Myunxen "Bavariya" sport direktori Maks Eberl klub eng yaqin transfer oynasi doirasida yangi transferlarni amalga oshirmasligini aytdi.

"Biz klubdan tashqarida futbolchilarni qidirmayapmiz, chunki o‘z tarkibimiz bor. Uchtа jarohat olgan futbolchi ishga qaytishi va biz uchun yangi yutuq sifatida maydonga qaytishi aniq belgilandi.

Yozda tarkibni shakllantirishda aynan shu jihatni hisobga olganmiz. Qishda hech kimni sotib olmaymiz", – deya Eberlning so‘zlarini keltiradi klub rasmiy sayti.

Hozirgi vaqtda "Bavariya" 38 ochko bilan Germaniya chempionatining yuqori divizion turnir jadvalida birinchi o‘rinni egallab turibdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting