“Bavariya” Ndiaye transferini yakunlashga yaqin
“Bavariya” futbolchini Gambiyaning “Gambinos Starz” klubidan 5 million yevrodan kamroq mablag‘ evaziga sotib olishi kutilmoqda.
Foto: Getty Images
“Bavariya” sport direktori Maks Eberl klub Bara Sapoko Ndiayeni to‘liq sotib olishga yaqin ekanini tasdiqladi.
18 yoshli senegallik futbolchi o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmini Myunxen klubi tizimida ijara asosida o‘tkazdi va to‘rtta uchrashuvda maydonga tushdi.
Eberlning aytishicha, transferning amalga oshish ehtimoli tobora ortib bormoqda va muzokaralarni yakunlash ko‘p vaqt talab qilmasligi kerak.
“Bavariya” futbolchini Gambiyaning “Gambinos Starz” klubidan 5 million yevrodan kamroq mablag‘ evaziga sotib olishi kutilmoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist