\"Bavariya\" Kim Min Je bo'yicha takliflarni ko'rib chiqadi
Photo: Getty Images
“Bavariya” rahbariyati himoyachi Kim Min Je bo'yicha yaxshi taklif tushsa ko'rib chiqishga tayyor. Bu haqda jurnalist Florian Plettenberg xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, koreyalik 28 yoshli futbolchi jamoani tark etishi mumkinligidan xabardor. Ammo hozirda jamoa bilan Bundesligada chempion bo'lishga e'tibor qaratganligi aytilmoqda.
Hozirda unga “Chelsi” va “Nyukasl” jamoalari ham qiziqish bildirmoqda. “Bavariya” yozda ushbu takliflar bo'yicha variantlarni ko'rib chiqishga tayyor.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist