\"Bavariya\" Jahon chempionatini o'nta gol bilan boshladi
Photo: gettyimages
Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati
15.06.2025, Yak.
Bavariya
10
Auckland City FC
0
Shu kunlarda klublar o'rtasidagi Jahon chempionati o'yinlari boshlanib ketdi.
Birinchi turda Germaniyaning “Bavariya Myunxen” jamoasi va Yangi Zellandiyaning “Oklend Siti” klubi o'rtasidagi qarama-qarshilik bo'lib o'tdi. Ushbu bellashuvda nemislar jahon klublar reytingida besh minginchi o'rinda turadigan raqiblari darvozasiga javobsiz o'nta to'p kiritishdi, “Bavariya” 10:0 “Oklend”.

Qo'shimcha ma'lumot sifatida, Yangi zellandiya nomidan ishtirok etayotgan “Oklend Siti” futbolchilari klubdan maosh olishmaydi, ya'ni bepulga to'p surishadi hamda ba'zi bir o'yinchilar o'zlari ishlayotgan ish joylarining rahbarlaridan ruhsat olisholmaganligi uchun Jahon chempionatidan ishtirok eta olishmadi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor