locale OZ

\"Bavariya\" himoyachisi \"MYU\"ga o'tishi mumkin

Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 40 million yevroga baholamoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Bavariya" himoyachisi "MYU"ga o'tishi mumkin
Photo: Getty Images

"Bavariya" himoyachisi Kim Min Jae faoliyatini Angliya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Daily Briefing xabar tarqatmoqda.

Manbaga ko'ra, "Manchester Yunayted" klubi 28 yoshli koreyalik futbolchining xizmatlariga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 40 million yevroga baholamoqda.

Kim Min Jae 2024/25 yilgi mavsumda "Bavariya" safida barcha turnirlarda 43 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan. Uning shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.

Futbolchi faoliyati davomida "Napoli", "Fenerbaxche", Xitoyning "Beijing Goan", Janubiy Koreyaning "Chonbuk Motors" va "Genju" klublarida o'ynagan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting