“Bavariya” Florian Virts bilan kelishuvga erishdi - BILD
FOTO: Getty Images
Myunxenning “Bavariya” klubi “Bayer”ning 22 yoshli yarim himoyachisi Florian Virts bilan kelishuvga erishdi. Bu haqda BILD nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, “Bavariya” yozgi transferlar vaqtida Virts uchun leverkuzenliklarga 100 million yevro taklif qilishga tayyor.
Ta'kidlanishicha, 22 yoshli futbolchi agar klublar o'zaro kelisha olmasa, “Bavariya”ga o'tish uchun 2026-yilgacha kutishga tayyor.
Ma'lumot uchun, Florian Virts joriy mavsum barcha turnirlarda 43 ta o'yinda maydonga tushib, 16 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 140 million yevroga baholanmoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist