\"Bavariya\" Eberechi Ezeni sotib olmoqchi
Futbolchi o'tgan mavsum "Kristal Pelas" safida Angliya kubogida zafar quchdi.
Photo: Getty Images
"Kristal Pelas" vingeri Eberechi Eze faoliyatini "Bavariya"da davom ettirishi mumkin, deya xabar bermoqda ESPN.
Qayd etilishicha, Myunxen klubi Florian Virtz yo'qotilganidan so'ng hujum chizig'ini kuchaytirish uchun Eze muqobil transfer maqsadlariga aylandi.
“Bavariya” klubi “Kristal Pelas” bilan yaxshi munosabatda. Ular o'tgan yozda 51 million funt sterling evaziga Maykl Oliseni sotib olgan.
26 yoshli Eze o'tgan mavsumda “burgutlar” bilan Angliya Premer-ligasida sakkizta gol urdi va sakkizta golli uzatmani amalga oshirdi,
Shuningdek, jamoa bilan Angliya kubogida zafar quchdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist