«Bashakshehir» Fayzullaev uchun CSKAga pul o'tkazishda qiyinchilikka duch kelmoqda
Photo: Getty Images
Turkiyaning “Istanbul Bashakshehir” klubi Abbosbek Fayzullaev uchun CSKAga pul o'tkazishda qiyinchilikka duch kelmoqda. Bu haqida Match TV portali xabar berdi.
Iyul oyi oxirida Moskva klubi 21 yoshli O‘zbekiston milliy jamoasi yarimhimoyachisining istanbulliklar safiga o‘tishini e’lon qilgandi. Xabarlarga ko‘ra, transfer summasi 7,5 million yevroni tashkil etgan.
– To‘g‘ri tushunyapmanmi, Fayzullaev hozircha “Istanbul Bashakshehir” uchun o‘ynay olmayapti, chunki klub hali CSKAga pul to‘lamaganmi?
– Transfer uchun to‘lovda muammo yo‘q, ammo pul o‘tkazishda muammo bor, – deya javob berdi Turkiya klubi matbuot xizmati vakillari.
Bahrom Bobonov
Redaktor