Başakşehir murabbiyi: Shomurodov kutganimizdan ham kuchli
Turkiya klubi ustozi Eldorning universalligi va imkoniyatlariga yuqori baho berdi
Rasm: Instagram
Konferensiyalar ligasidagi murakkab bahsdan keyin “Başakşehir” bosh murabbiyi o‘yin haqida fikr bildirdi va Eldor Shomurodovni alohida ta’kidladi.
Uning aytishicha, jamoa birinchi bo‘limda rejani mukammal amalga oshirgan, xavfli vaziyatlar yaratgan va raqibni uzun paslar bilan o‘ynashga majbur qilgan. Biroq, alamli gol ustunlikni mustahkamlash imkonini yo‘qqa chiqargan.
“Shomurodov hujumning barcha pozitsiyalarida o‘ynay oladi. Uning to‘p nazorati va pas berish mahorati hayratlanarli. Biz uni jamoamizda ko‘rishni istagan edik va u kutganimizdan ham kuchli chiqdi”, — dedi murabbiy.
Bakradze Iman
Redaktor