locale OZ

«Barselona», «Yuventus» va «Inter» Kanseluga qiziqish bildirmoqda

Portugaliyalik himoyachi hozirda «Al Hilol»da toʻp surmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Barselona», «Yuventus» va «Inter» Kanseluga qiziqish bildirmoqda
FOTO: Getty Images

Saudiya Arabistonining «Al Hilol» klubi himoyachisi Joau Kanselu yanvar oyidagi transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda mashhur jurnalist va insayder Fabritsio Romano xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Milan «Inter» klubi «Al Hilol» rahbariyati bilan Kanseluni ijara asosida qo‘lga kiritish shartlari va bitim tuzilmasi yuzasidan bog‘langan. Shuningdek, so‘nggi 48 soat ichida «Barselona» va «Yuventus» ham portugaliyalik futbolchining holati bo‘yicha Saudiya klubi bilan aloqaga chiqqan.

Joau Kanselu 31 yoshda. U «Al Hilol» safida 2024 yil yozidan buyon to‘p surib kelmoqda. Joriy mavsumda portugaliyalik himoyachi klub miqyosida olti uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol va ikkita golli uzatma muallifiga aylangan. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.

Transfermarkt portaliga ko‘ra, Kanseluning hozirgi bozor qiymati 10 million yevroni tashkil etadi. Qayd etish joiz, Joau Kanselu faoliyati davomida «Inter», «Barselona» va «Yuventus» sharafini ham himoya qilgan.

Shuningdek, u «Bavariya», «Manchester Siti», «Valensiya» va «Benfika» klublarida ham to‘p surgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting