locale OZ

«Barselona» XXI asrda 11 marta Ispaniya Superkubogini qoʻlga kiritdi

Ushbu koʻrsatkich turnir rekordi hisoblanadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Barselona» XXI asrda 11 marta Ispaniya Superkubogini qoʻlga kiritdi
FOTO: Getty Images

«Barselona» Ispaniya Superkubogi finalida Madridning «Real» klubini 3:2 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu g‘alaba kataloniyaliklar uchun XXI asrda mazkur turnirdagi 11-g‘alaba bo‘ldi va bu ko‘rsatkich rekord hisoblanadi.

XXI asrda (so‘nggi 26 yil ichida) Ispaniya Superkubogida qo‘lga kiritilgan sovrinlar soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinda Madridning «Real» klubi bormoqda. «Qirollik klubi» hisobida sakkizta titul mavjud.

Ma’lumot uchun, XXI asrda «Barselona» Ispaniya Superkubogini 2005, 2006, 2009, 2010, 2011, 2013, 2016, 2018, 2023, 2025 va 2026 yillarda qo‘lga kiritgan. XX asr natijalari bilan birga hisoblanganda (1983, 1991, 1992, 1994 va 1996 yillar) kataloniyaliklarning ushbu turnirdagi umumiy g‘alabalari soni 16 taga yetgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting