locale OZ

«Barselona» va «PSJ» Alvares uchun kurashmoqda

Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, forvard 100 million yevroga baholangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Barselona» va «PSJ» Alvares uchun kurashmoqda
ФОТО: Getty images

Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Xulian Alvares yozgi transfer oynasida klubini o‘zgartirish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin. Bu haqda jurnalist Mateo Moretto xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, argentinalik 26 yoshli hujumchi uchun qizg‘in kurash shu yozda boshlanadi.

Forvard uchun “Barselona”, “PSJ” va Angliya Premer-ligasining ikki top klubi kurash olib boradi. Bu klublarning barchasi yanvar oyidayoq Alvares haqida so‘rovlar o‘tkazishgan.

Joriy mavsumda Alvares barcha turnirlarda 31 ta o‘yin o‘tkazib, 11 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt ma'lumotlariga ko‘ra, forvard 100 million yevroga baholangan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting