«Barselona» sobiq futbolchisi faoliyatini yakunladi
38 yoshli futbolchi “Shaxtyor”ni tark etganidan so‘ng 2024 yilning yozidan beri klubsiz edi.
ФОТО: Getty images
Markaziy himoyachi Dmitriy Chigrinskiy futbolchilik faoliyatini yakunlashga qaror qildi. Bu haqda uning agenti xabar berdi.
38 yoshli futbolchi “Shaxtyor”ni tark etganidan so‘ng 2024 yilning yozidan beri klubsiz edi. U faoliyatini Gretsiyaning “Aris” klubi bosh murabbiyi Manolo Ximenezning yordamchisi sifatida davom ettiradi.
Chigrinskiy 2009-2010 yillarda “Barselona” safidagi o‘yinlari bilan tanilgan. Shuningdek, “Shaxtyor” va AEK klublarida ham o‘ynagan. Ukraina terma jamoasida 29 ta o‘yinda maydonga tushgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist