locale OZ

«Barselona» Shesnini La Liga ro‘yxatidan o‘tkazdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Barselona» Shesnini La Liga ro‘yxatidan o‘tkazdi
Фото: Getty Images

Kataloniyaning “Barselona” klubi darvozabon Voychex Shesnini La Ligada ro‘yxatdan o‘tkazdi.

Polshalik 35 yoshli darvozabonning Ispaniya chempionatida ishtirok etishi rasman e’lon qilindi. Bu Inyaki Penya "Elche"ga ketganidan so‘ng amalga oshdi.

Avvalroq klub himoyachi Jerar Martinni ham liga ro‘yxatidan o‘tkazishga muvaffaq bo‘lgandi.

Shesni "blaugrana"ning 31 avgust kuni bo‘lib o‘tadigan La Liga 3-turidan o‘rin olgan "Rayo Valyekano"ga qarshi o‘yin qaydnomasi ro‘yxatiga kiritilishi mumkin.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting