locale OZ

«Barselona» Romeu bilan shartnomani bekor qildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Barselona» Romeu bilan shartnomani bekor qildi
ФОТО: Getty images

“Barselona” yarim himoyachi Oriol Romeu bilan xayrlashdi.

“Ko'k-anorranglilar” futbolchi bilan o'zaro kelishuv asosida shartnomani bekor qilishdi.

Klub o'z tarbiyalanuvchisiga professionallik, sadoqat va fidokorlik uchun minnatdorchilik bildirdi.

Romeu o'tgan mavsumda “Jirona”da ijarada harakat qilib, La Ligada 25 ta o'yinda maydonga tushgandi.

Ispaniyalik yarimhimoyachi faoliyati davomida “Chelsi”, “Sautgempton”, “Valensiya” va “Shtutgart” kabi jamoalarda ham o'ynagan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting