«Barselona» - «PSJ» uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi
Futbolchi Yamalga umuman imkon bermadi.
ФОТО: Getty images
"PSJ" himoyachisi Nunu Mendesh Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 2-turidan oʻrin olgan "Barselona"ga (2:1) qarshi oʻyinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Portugal futbolchisi 90 daqiqa maydonda harakat qildi, 9,3 km yugurdi va 6 marta toʻpni raqibdan tortib oldi.
Ushbu natijadan soʻng "PSJ" 6 ochko bilan turnir jadvalida 3-oʻrinda bormoqda. "Barselona" esa 3 ochko bilan 16-pog'onada yuribdi.
Parij jamoasi 3-turda "Bayer"ga qarshi bahs olib boradi, kataloniyaliklar esa "Olimpiakos" bilan kuch sinashadi. Har ikkala oʻyin ham 21-oktabr kuni boʻlib oʻtadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist