“Barselona” portugal futbolchisini sotib olmoqchi
Photo: Getty Images
“Manchester Siti” yarim himoyachisi Bernardu Silva yozda “Barselona”ga ko‘chib o‘tishi mumkin.
Marca xabar berishicha, Kataloniya klubi Silva transferini sotib olishga tayyor. Klub allaqachon portugal xavbek bo‘yicha uning agenti bilan muzokara o‘tkazgan.
“Manchester Siti” ham yozda Silva bilan xayrlashishga tayyor va uning transferidan kamida 45 million yevro ishlab olishni maqsad qilgan.
Ma'lumot uchun, Silva joriy mavsumda barcha musobaqalarda 41 o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 4 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist