Barselona Pau Viktorni sotishga tayyor
Photo: Getty Images
"Barselona" hujumchisi Pau Viktor yozgi transfer oynasida sotilishi mumkin.
Diario Sport nashrining xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar Viktor uchun 10 million yevro so‘rashga tayyor.
Kataloniya grandi hujumchini ijaraga berish bo‘yicha bir nechta takliflarni ham olgan.
O‘tgan mavsum 23 yoshli futbolchi zaxirada qolib ketdi va jamoasini o‘zgartirishga tayyor.
Pau "ko‘k-anorranglilar"ning asosiy jamoasi safida barcha musobaqalarda 29 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirgan.
Bahrom Bobonov
Redaktor