locale OZ

«Barselona» Kunde bilan xayrlashmoqchi emas

Transfermarkt portali esa fransiyalik himoyachining transfer narxini 55 million yevroga baholagan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Barselona» Kunde bilan xayrlashmoqchi emas
Фото: Getty Images

«Barselona» rahbariyati jamoa himoyachisi Jyul Kunderning klubni tark etishini istamayapti. Bu haqda TEAMtalk xabar berdi.

27 yoshli fransiyalik futbolchi so‘nggi vaqtlarda kataloniyaliklarning asosiy tarkibidagi o‘rnini yo‘qotdi. Shu sababli uning yanvar oyidagi transferlar oynasida boshqa jamoaga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Biroq ma’lum bo‘lishicha, «ko‘k-anorranglilar» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik Kunderning ketishini ma’qullamayapti. Germaniyalik mutaxassis himoyachini jamoada saqlab qolish tarafdori. Futbolchining o‘zi ham hozircha klubni tark etishga shoshilmayapti.

Qayd etish lozim, Kunderning xizmatlariga Londonning «Chelsi» klubi qiziqish bildirmoqda. Transfermarkt portali esa fransiyalik himoyachining transfer narxini 55 million yevroga baholagan.

Ma’lumot o‘rnida, Ispaniyaning uch karra chempioni hisoblangan Jyul Kunderning «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Shu bois kataloniyaliklar futbolchining kelajagi bo‘yicha qaror qabul qilishda shoshilmayotgani aytilmoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting