«Barselona» Keynga qiziqish bildirishda davom etmoqda
Keynning bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangan.
ФОТО: Getty images
“Barselona” klubi “Bavariya” hujumchisi Harri Keynni transfer qilishga bo‘lgan qiziqishi tobora kuchaymoqda. Bu haqda El Nacional xabar berdi.
Kataloniya klubi ingliz futbolchisini mavsum yakunida erkin agentga aylanadigan Robert Levandovskining uzoq muddatli o‘rnini bosuvchi ideal variant sifatida ko‘rmoqda.
Manbaga ko‘ra, Keyn nomzodi klub ichida tobora ommalashib bormoqda. Bosh murabbiy Hansi Flik jamoada yuqori saviyadagi markaziy hujumchini ko‘rishni istamoqda.
Shuningdek, “ko‘k-anorranglilar” boshqa hujumchilar — Xulian Alvares va Joao Pedroga ham qiziqish bildirmoqda.
Keynning bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, yaqin oylarda tomonlar uni uzaytirish imkoniyatini muhokama qilishi kutilmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist