locale OZ

«Barselona» Kanseluni ortga qaytarishga yaqin

Joriy mavsumda 31 yoshli portugaliyalik himoyachi 6 ta uchrashuvda maydonga tushdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Barselona» Kanseluni ortga qaytarmoqchi
ФОТО: Getty images

“Al-Hilol” himoyachisi Joau Kanselu “Barselona”ga qaytishi mumkin. Bu haqda jurnalist Janluka Di Marzio xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar futbolchini ijaraga olish borasidagi muzokaralarda sezilarli oldinga siljidi.

Tomonlar bitimning so‘nggi bandlarini kelishishning final bosqichiga yetgan.

Ta’kidlanishicha, Kanseluning o‘zi “Inter” qiziqishiga qaramay, “Barselona”ga qaytishni ustuvor deb bilgan.

Joriy mavsumda 31 yoshli portugaliyalik himoyachi 6 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol va 2 ta assist qayd etgan. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, uning bozor qiymati 10 mln evroga baholanmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting