«Barselona» ikki nafar futbolchisi bilan xayrlashmoqchi
Photo: Getty Images
"Barselona" darvozaboni Inyaki Penya va yarim himoyachi Oriol Romeu yaqin vaqt ichida jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda Sport.es xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar har ikki futbolchi bilan shartnomani bekor qilmoqchi. Klub ularga shartnomaning oxirgi yili uchun maosh va o‘zaro kelishuv asosida hamkorlikni to‘xtatishni taklif qiladi.
Ispaniya chempionatining amaldagi chempionlari 4 iyulgacha, ya’ni ular Osiyo mamlakatlari bo‘ylab turnega jo‘nab ketguncha xayrlashish niyatida.
Qayd etilishicha, jamoa moliyaviy ahvolni yaxshilash va yangi o‘yinchilar bilan shartnoma imzolash uchun futbolchilarni sotishga majbur.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist