«Barselona» Flikka shartnoma taklif qilmoqda
Flik uzoq muddatli shartnoma imzolashni istamaydi.
ФОТО: Getty images
Ispaniyaning “Barselona” jamoasi bosh murabbiyi Xansi Flikka klub bilan shartnomasini 2028 yilning yozigacha uzaytirishni taklif qildi. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar 60 yoshli nemis mutaxassisiga shartnomani yana bir yilga, 2028 yil yozigacha uzaytirishni taklif qilishgan.
“Barselona” barcha tomonlar loyihada o‘zini qulay his qilishi va hamkorlikni davom ettirishga sodiqligini bildirgan.
Qayd etilishicha, yangi shartnomaga faqat bir yillik muddat taklif qilinishi, Flikning uzoq muddatli shartnoma imzolashni istamasligi bilan bog‘liq.
Ma’lumot uchun, Flik 2024 yilda “Barselona”ni qabul qilgan. Shu vaqt mobaynida u klub bilan Ispaniya chempionati, Kubok va Superkubokni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist