locale OZ

«Barselona» Flik qo‘l ostida 44-marta yirik hisobda g‘alaba qozondi

Kataloniyaliklar «Galatasaroy»ni 4:1 hisobida mag‘lub etdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Barselona» Flik qo‘l ostida 44-marta yirik hisobda g‘alaba qozondi
Фото: Getty Images

«Barselona» bosh murabbiy Hans-Diter Flik qo‘l ostida navbatdagi yirik g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Kataloniyaliklar Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining ikkinchi turida «Galatasaroy»ni 4:1 hisobida mag‘lub etdi.

Sports.ru ma’lumotiga ko‘ra, bu Flik boshqaruvidagi «Barselona»ning barcha musobaqalarda o‘tkazilgan 127 ta bahsdagi 44-yirik g‘alabasi bo‘ldi. Bunda jamoaning kamida uchta gol farqi bilan qo‘lga kiritgan zafarlari hisobga olingan.

Ma’lumot uchun, Flik qo‘l ostida «Barselona» «Valensiya»ni to‘rt marta, «Atletik», «Malorka» va «Sevilya»ni esa uch martadan yirik hisobda mag‘lub etgan. Shuningdek, kataloniyaliklar «Real», «Jirona», «Vilyarreal» va «Xetafe» ustidan ikkitadan shunday g‘alabaga erishgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting