«Barselona» «Atletiko»ni yirik hisobda mag'lub etdi, biroq kubok bilan xayrlashdi
“Barselona” Ispaniya kubogi yarim finalining javob uchrashuvida “Atletiko Madrid”ni 3:0 hisobida taslim etdi, biroq ikki o‘yin natijasiga ko‘ra kataloniyaliklar turnirni tark etdi.
Uchrashuv “Kamp Nou” stadionida bo‘lib o‘tdi. “Ko‘k-anorranglilar” safida Mark Bernal 29 va 72-daqiqalarda dubl qayd etdi, Rafinya esa 50-daqiqada penaltidan gol urdi. Biroq birinchi bahsda madridliklar 4:0 hisobida g‘alaba qozongani sababli umumiy hisob 4:3 ko‘rinishida “Atletiko Madrid” foydasiga hal bo‘ldi.
Shu tariqa, “Atletiko” 2012-2013-yilgi mavsumdan buyon ilk bor Qirollik kubogi finaliga yo‘l oldi.
Ma’lumot uchun, “Barselona” musobaqaning amaldagi chempioni hisoblanadi.
Ispaniya kubogi
Yarimfinal. Javob o‘yin
Barselona — Atletiko 3:0
Gollar: Bernal 29, 72, Rafinya 45+5.