\"Barselona\" APLdan darvozabon olib kelmoqchi
Klub ter Shtegen va Shesniga o‘rinbosar izlamoqda
Photo: Getty Images
“Brayton” darvozaboni Bart Verbruggen faoliyatini “Barselona”da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Foot Mercato nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar belgiyalik posbonni anchadan beri kuzatib kelmoqda. U ter Shtegen va Shesnining o‘rinbosariga aylanishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Verbruggen “Brayton” safida bu mavsum barcha musobaqalarda 40 ta o‘yinda maydonga tushgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist